Jahongir - Tilim qursin qo`shiq matni

Ichingdagi gapingni berkitma,
Yuzingning rangidan bilib olaman.
Ertami kech, baribir bir kun
Siring ochilishini o`yla,
Hadeb yolg`on gapirma.

Piyola toshguncha choyga to`ldirma,
Qo`ling yo tiling kuyib qoladi.
So`zing chin, yurakda bo`lsa,
Aldab ovora bo`lib yurma.

Oqni qora, to`g`rini noto`g`ri,
Deb so`z bildirma,
Tilginangni kuydirma,
Dilginangni kuydirma. (x2)

Bekordan bekor yugurib, shoshirma,
Boshginangni devorga urasan.
Bitta gapda o`nta ma`no,
Qadring bilmaganga gapirma,
Har xil bilmay gapirma.

Piyola toshguncha choyga to`ldirma,
Qo`ling yo tiling kuyib qoladi.
So`zing chin, yurakda bo`lsa,
Aldab ovora bo`lib yurma.

Oqni qora, to`g`rini noto`g`ri,
Deb so`z bildirma,
Tilginangni kuydirma,
Dilginangni kuydirma. (x2+x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: uzhits.net@mail.ru