Jahongir Otajonov - Ikki qalb qo`shiq matni

Oq bulutlar aro ikki kabutar,
Sevgi qanotida yonma-yon uchar.
Yuraklarda cheksiz orzular bilan
Samoda ikkovin bulutlar quchar. (x2)

Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Sevgi og`ushida birga edilar.
Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Zulmatda bir-birin yig`lab izlarlar. (x2)

Nogoh osmonimiz bo`ldi qop-qora,
Bir zulmat qurshardi bizni tobora.
Qora bulut aro izlab bir-birin,
Lochinga ov bo`ldi qushlar bechora.

Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Zulmatda bir-birin yig`lab izlarlar.
Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
O`shal baxtli kunni eslab yig`larlar.

Biz ham ular kabi yonma-yon edik,
Oq gullarni terib, birga yurardik.
Orzular ketidan ergashgancha jim,
Oppoq bulutlarga biz maftun edik.

Shunda men ham seni yo`qotdim mangu,
Seni olib ketdi qora bir qayg`u.
Endi sen ham mendek yolg`izsan, gulim,
Ketdik, bu chamanlar bizga qorong`u.

Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Sevgi og`ushida birga edilar.
Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Zulmatda bir-birin yig`lab izlarlar. (x2)

Nogoh osmonimiz bo`ldi qop-qora,
Bir zulmat qurshardi bizni tobora.
Qora bulut aro izlab bir-birin,
Lochinga ov bo`ldi qushlar bechora.

Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Zulmatda bir-birin yig`lab izlarlar.
Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
O`shal baxtli kunni eslab yig`larlar.

Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
Sevgi og`ushida birga edilar.
Oq bulut, oq gullar, oq kabutarlar,
O`shal baxtli kunni eslab yig`larlar.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]