Jahongir Otajonov - Uchrashmadik qo`shiq matni
Hayotning damlari – bahor yomg`iri,
 Uchrashmoq, ayrilmoq – inson taqdiri.
 Mehr ko`chasining yo`qdir oxiri,
 Bizlar bir ko`rishib yoshlik chog`ida,
 Qaytib uchrashmadik umr bog`ida. (x2)
Uchrashmadik, uchrashmadik,
 Qaytib umr bog`ida.
 Uchrashmadik, uchrashmadik,
 Boshqa istak tog`ida.
Uchrashmadik, uchrashmadik,
 Siz-la umid bog`ida.
 Uchrashmadik, uchrashmadik,
 Boshqa istak tog`ida.
Xazondan xazinroq umid xabarkim,
 Aldangan armonin allalar har kim.
 Unut bo`lgan so`zlar jaranglaydi jim,
 Bugun nasib ne menga ishq chorbog`ida,
 Qaytib uchrashmadik umr bog`ida.
Kunlarni almashdim asta yillarga,
 Bag`rimni ulashdim daydi yellarga.
 Lek qalbimda joy yo`q o`zga gullarga,
 Hamon ko`nglimdasiz, dil ardog`ida,
 Nechun uchrashmadik istak tog`ida?
Uchrashmadik, uchrashmadik,
 Nechun istak tog`ida?
 Uchrashmadik, siz-la jonim,
 Nega baxt so`qmog`ida? (x2)
Uchrashmadik, uchrashmadik,
 Nechun istak tog`ida?
 Uchrashmadik, uchrashmadik,
 Boshqa istak tog`ida.

