Jasur G`oipov - Mening hayotim qo`shiq matni

Yashardim oddiy binoda,
Xuddi oq-qora kinoda.
Bir xilda sokin edi
Har kunim mening.

Bir xilda tonglar otardi,
Bir xilda kunlar botardi.
Bir xilda o`tar edi
Bu umrim mening.

Birdan yuragim bezovta urib,
Aqlu-hushim yo`qotdim seni ko`rib.
Meni maftun etding, o`zgarib ketdi
Mening hayotim.

Tunlar rang-barang, kunlar rang-barang,
Astagina, shivirlab aytdim arang:
Meni maftun etding, o`zgarib ketdi
Mening hayotim.

Qalbim bir seni ko`rgani shoshar,
Kutyapman, ikki soatdan oshar.
Kelmasang holim yomon bo`ladi mening.

Keldingmi, jonim, va nihoyat?
Bugun go`zaldirsan bag`oyat.
Kayfiyatim, ishon, osmon bo`ladi mening.

Birdan yuragim bezovta urib,
Lahzada sevib qoldim seni ko`rib.
Meni maftun etding, o`zgarib ketdi
Mening hayotim.

Tunlar rang-barang, kunlar rang-barang,
Astagina, shivirlab aytdim arang:
Meni maftun etding, o`zgarib ketdi
Mening hayotim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]