Jasur G`oipov - Yana bir bor qo`shiq matni

Bir bor ko`rib uni ozdim aqlimdan,
Naqadar go`zal, ketmas ko`z oldimdan.
Bir bor ko`rib uni yo`qotdim birdan,
Topa olmasdan har kun sarsonman.

Izlamoqdaman bedor tunlar orasida seni,
Izlamoqdaman shaharning har bir nuqtasidan,
Izlamoqdaman butun olam ichra ko`zlaring,
Izlamoqdaman, lek topa olmayabman.

O`ylamoqdaman uyqu yuq tunlarimda seni,
O`ylamoqdaman qaydan topsam bo`ladi qayta?
O`ylamoqdaman qora ko`zlaring haqida tinmay,
O`ylamoqdaman.

Yana bir bor,
Seni ko`rish nasib etsaydi bir bor,
Qilardim sani sevib qolganim izhor.
Yuragimda sen degan armonim bor,
Ko`rib bir bor. (x2)

So`nmoqdaman go`yo vaslingni sog`inganim sari,
Kelmaydi bir sado, seni qaylardan aytgin izlayin?
O`ylayverib bo`ldim ado, ko`zlaringa yetishmoq uchun,
Umid bormikin ammo, lek topa olmayabman.

Qay tarafimda ro`yo, seni endi qaydan izlayin?
Menga yaqinsan go`yo, lekin yonimda yo`qsan netayin?
Olisdan bo`lsa ham sado bergin seni izlab topayin,
Sog`inch qilmoqda ado, sog`inch qilmoqda ado.

Yana bir bor,
Seni ko`rish nasib etsaydi bir bor,
Qilardim sani sevib qolganim izhor.
Yuragimda sen degan armonim bor,
Ko`rib bir bor. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]