Jasur Umirov - Erkak yig`lamasin qo`shiq matni

Berar ham Xudodir, olar ham Xudo,
Erkak yig`lamasin davlat ketsa ham.
Hech kimsa bo`lmasin baxtidan judo,
Erkak yig`lamasin omad ketsa ham.

Berganda shukr qil, olganda sabr,
Shoshilib o`zingga qazimagin qabr.
Yigitchilik darsin o`qimasdan axir,
Erkak yig`lamasin faqat sinsa ham.

Yiqilsang ustingdan kuladi nomard,
Aslida aybing yo`q, biladi nomard,
Shoshma, o`zi qaytib keladi nomard,
Erkak yig`lamasin dushman kulsa ham.

Yigitning parvozda qanoti do`stdir,
Yigitning so`nggida najoti do`stdir,
Yigitning hayoti-mamoti do`stdir,
Yigit yig`lamasin chin do`st ketsa ham.

Pul bor joyda, biling, do`st bor, dushman bor,
Pul bor joyda, biling, rost bor, yolg`on bor,
Pul bor joyda, biling, nafs bor, shayton bor,
Erkak yig`lamasin do`st pand bersa ham.

Onasin haqorat qilganni ko`rdik,
Xotini xiyonat qilganni ko`rdik,
Farzandi jinoyat qilganni ko`rdik,
Erkak yig`lamasin sho`r dard kelsa ham.

Yiqilganda qochsa qavmu qarindosh,
Ey yigit, sinmagin, egib yurma bosh.
Belga belbog` bo`lsin doim sabr va bardosh,
Erkak yig`lamasin madad ketsa ham.

Kimdir ko`rolmasa qurgan joyingni,
Boshing silab, mo`ljallasa poyingni,
Ulfat bo`lib, og`ulatib choyingni,
Erkak yig`lamasin kim past ketsa ham.

Tillaga o`ch bo`lmoq ayolning kasbi,
Er yigit xaromdan qochadi asli,
O`ksinmas yo`qotsa duru zo`r qasrin,
Erkak yig`lamasin boylik ketsa ham.

Boylik adashmoqlik uchunmi, ayting?
Boylik hatto baxtdan ustunmi, ayting?
Boylik – bu hayot mazmunimi, ayting?
Erkak yig`lamasin xilvat bo`lsa ham.

Baxting kesmoq bo`lar ichi qoralar,
Sochingga shu g`amdan ming oq oralar,
Cho`ntakdan pul qochsa, diling poralar,
Erkak yig`lamasin quvvat ketsa ham.

Boshiga ne sinov, sinoat kelsa,
Ko`zdan uyqu qochib, halovat ketsa,
Ishlaring yurishmay, boshga dard kelsa,
Erkak yig`lamasin rohat ketsa ham.

Bir manman maqtansa o`rtaga kirib,
Mandan zo`ri yo`q, deb ko`ksini kerib,
Kamsitmoq bo`lsa gar, seni past ko`rib,
Erkak yig`lamasin yo`qchilikda ham.

Dardingni berar ham, olar ham O`zi,
Sarg`aymasin qarzdan hech kimning yuzi,
Mehnatdan to`xtama, vaqt o`zi qozi,
Erkak yig`lamasin multaz bo`lsa ham.

Eshitgil, ey do`stim, dilda orzumni,
Qiynamasin farzand dog`i hech kimni.
Erkak yig`lamasin farzand deb faqat,
Jigar-bandi uni tashlab ketsa ham.

Erkak yig`lamasin farzand ketsa ham,
Jigar-bandi uni tashlab ketsa ham.

Berar ham Xudodir, olar ham Xudo,
Erkak yig`lamasin davlat ketsa ham.
Hech kimsa bo`lmasin baxtidan judo,
Erkak yig`lamasin omad ketsa ham. {x2}скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Jasur Umirov - Erkak yig`lamasin qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Ozodbek Nazarbekov - Erkak kishini qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:19Скачать
Jasur Umirov - Erkak yig'lamasin (2015)128 kbps24-07-2015, 23:03Скачать
To'maris - Ayol va erkak (uzhits.net)128 kbps20-06-2015, 18:20Скачать
Jasur Rahimov - Erkak faryodi128 kbps3-06-2015, 22:00Скачать
Mubina Shamanadze - Erkak128 kbps16-05-2015, 11:51Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.