Jo`rabek - Orzu qo`shiq matni
Qalbimda gullar ochila boshlar,
 Quvonchim ko`kka sochila boshlar,
 Chunki sen borsan mening ertagim,
 Xayollarim sensan.
Tunlarim kunga aylana boshlar,
 Ko`zingdan aslo oqmasin yoshlar,
 Umrimning bori, konglimning zori
 Tanho o`zingsan jonim.
Bor bo`lgim kelar orzularingda,
 Bor bo`lgim kelar xayollaringda,
 Sen bilan go`zal ertaklarimda
 Majnundek parvoz etsam deyman. (x2)
Mehringdan dardlar dilni tark etar,
 Chehrangda gullar yorishib ketar,
 Sen deb yashayman mening hayotim,
 Orzularim sensan.
Shirin so`zlaring ko`nglim erkalar,
 Daryo ko`zlaring aqlimni olar,
 Hamma shartingga tayyorman faqat
 Sevaman desang, jonim.
Bor bo`lgim kelar orzularingda,
 Bor bo`lgim kelar xayollaringda,
 Sen bilan go`zal ertaklarimda
 Majnundek parvoz etsam deyman. (x5)
Bor bolgim kelar…

