Jo`rabek - Shirin yolg’on qo`shiq matni
To`kiladi tun sening ko`zlaringda,
Dardim aytolmay men yig`larman, jonim.
Sevilmoq go`zal, lek sevmoq azobdir,
Bu azoblardan do`zaxdir afzal.
Tunni tundek kechmasman shirin tuzog`ingda,
Cho`kmoqdaman ojiz tuyg`ularda.
Qo`lingga tutmay hanjar, parchalaysan meni,
Ozorimsan, armonlarimsan.
Va`dalaring yolg`on, meni menchalik sevmassan,
Bir kuni kelib meni zor yig`latib ketarsan.
Lekin ne uchun jonim, seni chindan sevarman,
Ayt ne uchun, ayt ne uchun?
Yolg`iz o`zimning sevgilim dunyoda,
Deyolmay seni, darbalanadi.
Aldamoq gunoh, ishonmoq savobmi?
Hech bilolmadim, menga bu og`ir.
Dunyodan kechdim, lekin ketolmadim sendan,
Ucholmasman qanotlarimsan,
Yurakni senga berdim, yashayman yuraksiz,
Yig`lamadim, lek faryodlarimsan.
Va`dalaring yolg`on, meni menchalik sevmassan,
Bir kuni kelib meni zor yig`latib ketarsan.
Lekin ne uchun jonim, seni chindan sevarman,
Ayt ne uchun, ayt ne uchun? (x3)
To`kiladi tun…