Kaniza - Hammasigayam qo`shiq matni
Maning yorimdan ko`nglim qolsa-ya,
 Baqir-baqirlab urushsa-ya,
 Birontasi yonim olmasa,
 Xafa bo`laman-o hammasidanam. (x2)
Akasidanam, ukasidanam,
 Amaki-yu pochcha, tog`asidanam! (x2)
Maning yorimning ko`ngli gullasa,
 Shaqir-shaqirlab kulib yursa,
 Unga sababchi ular bo`lsa,
 Xizmatidaman-o hammasiga-ya – (x2)
Akasiga ham, ukasiga ham,
 Amaki-yu pochcha, tog`asiga ham! (x2)
Maning yorimni yo`ldan ursa-ya,
 Aldab-aldab, qayrab olsa-ya,
 Yomon ko`rinsa ko`zimga-ya,
 Alam olaman-o hammasidanam. (x2)
Hey, akasini ham, hey, ukasini ham,
 Hey, amaki-yu pochcha, tog`asini ham. (x2)
 Qo`shig`imni aytib o`ynataman-a!
Читать также 
				Комментарии (0)
				
