Kaniza - Ketaman qo`shiq matni
(Yorim ketaman deydi,
Ketgizgani qo`ymayman.
Yo`llariga chim bosib, dod,
O`tkizgani qo`ymayman-ey.)
Charchab ketdim baridan,
Qaynopam zahridan. (x2)
Chaqishda o`tar aridan,
Bo`ldi, endi ketaman. (x2)
(O`zi ketar yor-yor,
O`zi kelar yor-yor. (x4))
Hamma ishlar bo`ynimda,
Jiyanlari qo`ynimda. (x2)
Qaynsinglimdan to`ydim-da,
Bo`ldi, endi ketaman. (x2)
Aytganim aytganday bo`lsin,
Ro`zg`orim kami to`lsin. (x2)
Alohida yashayman,
Ovsinlarim bir ko`rsin. (x2)
Yorim ikki o`rtada,
Qaynopam to`rtta-da.
Yorim ikki o`rtada,
Qaynopalarim to`rtta-da.
Janjal qilar jo`rttaga,
Bo`ldi, endi ketaman. (x2)
Aytganim aytganday bo`lsin,
Ro`zg`orim kami to`lsin. (x2)
Alohida yashayman,
Ovsinlarim bir ko`rsin. (x2)
(O`zi ketar yor-yor,
O`zi kelar yor-yor. (x4))
Man ketsam arslonimni
Qovog`idan qor yog`ar,
Tomorqani kim chopib,
Sigirlarni kim sog`ar?
Man ketsam arslonimni-yey
Qovog`idan qor yog`ar,
Tandirlardan kim non yopib,
Sigirlarni kim sog`ar?
Qaynotamga aytib berib,
Hammasin haydataman.
Bir umr xizmatlarida,
Atrofida aylanaman. (x2)
Aytganim aytganday bo`lsin,
Ro`zg`orim kami to`lsin. (x2)
Alohida yashayman-o,
Ovsinlarim bir ko`rsin. (x2)