Kumush Razzoqova - Bo’ron qo`shiq matni

Yuragimda senga sevgim
Dengizdagi to`lqinlardan zo`r.
Qalbimdagi ehtiroslar
Shamollardan, bo`ronlardan zo`r. (x2)

Sen buni bilgin,
Bilmoq uchun kelgin.
Kelmay turib yana,
Armonlarda qolma.

Seni qiynar bo`ldi
Yolg`on xayol, gumon.
Mening esa qalbim
Yonmoqdadir hamon.

Qalbimdagi bu tug`yon
Misli bo`ron, bo`ron.
O`sha bo`ron seni
Asir etar shu on. (x2)

Ko`zlarimga to`lgan sog`inch
Yog`ar bo`ldi yomg`irdan avval.
Ko`ngildagi toza hislar
Bog`lardagi gullardan go`zal. (x2)

Sen buni bilgin,
Bilmoq uchun kelgin.
Kelmay turib yana,
Armonlarda qolma.

Seni qiynar bo`ldi
Yolg`on xayol, gumon.
Mening esa qalbim
Yonmoqdadir hamon.

Qalbimdagi bu tug`yon
Misli bo`ron, bo`ron.
O`sha bo`ron seni
Asir etar shu on. (x2)

Menga qanot berdi sevgim,
Baland uchdim bulutlardan ham.
Qo`llarimni uzatsam yetar
Osmondagi yulduzlarga ham. (x2)

Sen buni bilgin,
Bilmoq uchun kelgin.
Kelmay turib yana,
Armonlarda qolma.

Seni qiynar bo`ldi
Yolg`on xayol, gumon.
Mening esa qalbim
Yonmoqdadir hamon.

Qalbimdagi bu tug`yon
Misli bo`ron, bo`ron.
O`sha bo`ron seni
Asir etar shu on. (x2+x6)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]