Kumush Razzoqova - Men seni qo`shiq matni

Derazadan boqar sohibjamol oy,
Nigohlari to`la karashma, chiroy.
Kechirgin, bo`libman oyga mahliyo,
Ishon endi unga qilmayman unga parvo.

Oyning sochlarini o`rmayman,
Mayli oyning sochlarini o`rmayman,
Men seni oylarga, men seni oylarga,
Men seni oylarga bermayman.

Suluv kelinchakdek bezanmish bahor,
Dalalar ham gulzor, bog`lar ham gulzor.
Gullarga boqqandim kulib, ochilib, yor-ey,
Yoshlaring ketdilar nurday sochilib.

Bahor gullarini termayman,
Mayli bahor gullarini termayman,
Men seni gullarga, men seni gullarga,
Men seni gullarga bermayman.
Men seni gullarga, men seni gullarga,
Men seni gullarga bermayman.

Qancha shirin damdan kechmog`im mumkin,
Faqat sen o`ynagin, quvnagin, kulgin.
Sen mening taqdirim, oxir-azalim, jon-ey,
Sen mening bahorim, oyim, g`azalim.

Qalbimsan, men qalbsiz yurmayman,
Qalbimsan, men qalbsiz zinhor yurmayman.
Qalbimni hech kimga, qalbimni hech kimga,
Qalbimni hech kimga bermayman.
Qalbimni hech kimga, qalbimni hech kimga,
Qalbimni hech kimga bermayman.

Men seni oylarga,
Men seni gullarga,
Men seni hech kimga bermayman!





Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Rayhon - Seni deb qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:23Скачать
Yulduz Usmonova - O’zbekiston qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:13Скачать
Tamila - Men bo’lmasam qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:07Скачать
Zamzama - Men seni hech kimga (uzhits.net)128 kbps16-03-2015, 12:17Скачать
Sardor Mamadaliyev - Men seni hech kimga bermasman 128 kbps18-01-2015, 20:14Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.