Kumush Razzoqova - Unutma meni qo`shiq matni
Sen ketarsan, jonginam, sen ketarsan,
Olis yo`llar seni chorlar, chorlar zamon.
Orzularing olamiga, yor, yetarsan,
Men qolarman ko`zim giryon, dilda hijron.
Sen ketarsan, meni tashlab, sen ketarsan,
Goh ishon, goh ishonma deydi xayol.
Ammo o`zing xayolingga keltirmaysan –
Hayotimsan, bormi sensiz menda majol?
Unutma meni, qaylarda chekma firoq,
Yaqindami yo yiroq – meni esla.
Unutma meni nur topgan chog` quyosh,
Oqshomlar berib bardosh, meni esla.
Unutma meni oshganda dovon,
Yoqqanda dog`i hijron, meni esla.
Kulib boqsin iqbol,
Baxtimiz topmay zavol, meni esla.
Sen ketarsan, ortingdan yetolmam sira,
Yurakkinam o`tlarga tashlab ketarsan.
Diydoringga to`ymadim, to`ymadim zarra,
Boshginamni chulg`agan xayol qadarsan.
Qo`lim siltab qolaman, bag`rim o`rtanib,
Yulduz-yulduz ko`zlarim boqar intizor.
Nigoh solsam, keng samo ketar to`lg`anib,
Talpinarman, jonginam, vaslingga bedor.
Unutma meni, qaylarda chekma firoq,
Yaqindami yo yiroq – meni esla.
Unutma meni nur topgan chog` quyosh,
Oqshomlar berib bardosh, meni esla.
Unutma meni oshganda dovon,
Yoqqanda dog`i hijron, meni esla.
Kulib boqsin iqbol,
Baxtimiz topmay zavol, meni esla.
Unutma meni, qaylarda chekma firoq,
Yaqindami yo yiroq – meni esla.
Unutma meni nur topgan chog` quyosh,
Oqshomlar berib bardosh, meni esla.
Unutma meni oshganda dovon,
Yoqqanda dog`i hijron, meni esla.
Kulib boqsin iqbol,
Baxtimiz topmay zavol, meni esla.