Kumush Razzoqova - Yomg’ir qo`shiq matni
Qiynaladi oftobni kutib,
 Yomg`irlardan charchagan shahar.
 Uxlab qolding yig`lab, qon yutib,
 Ko`ringanda ufqda sahar.
Men taqdirdan hech nolimayman,
 Gar almashdi shomga tongimni.
 Olib keldi bu oqshom bilan
 Uzoqlarda qolgan jonimni. (x2)
Yomg`ir yog`di mayda-maydalab,
 Mayda-mayda bo`ldi yuragim.
 Tong otguncha qayta-qaytalab,
 Sevasanmi deya so`radim. (x2)
Sen hech narsa qilmading talab,
 Ming o`rgilding qoshu ko`zimdan.
 Sening qora sochlaring silab,
 Shu tun kechdim hatto o`zimdan.
Qiynaladi oftobni kutib,
 Yomg`irlardan charchagan shahar.
 Sen ketasan qayga qon yutib?
 Meni qayga boshlaydi sahar? (x2)
Yomg`ir yog`di mayda-maydalab,
 Mayda-mayda bo`ldi yuragim.
 Tong otguncha qayta-qaytalab,
 Sevasanmi deya so`radim. (x8)
Читать также 
				Комментарии (0)
				
