Leyli - Yomg’ir ostida qo`shiq matni
(Yolg`izlik doim odamlar ortidan quvib yuradi.
U qo`lingizdan tutishi bilan eng yaqin do`stingizga aylanadi.
Sizni aslo qo`yib yubormasdan har daqiqada zulmat sari yetaklaydi.
Yuragingizdagi barcha quvonchni itarib tashlaydi-da, qalbingizni zabt etadi.
Keyin esa butun umr mana shu do`stingiz bilan kurashib yashaysiz.
Bu kurashda faqatgina ishonch sizni qutqaradi.
Men ham kimgadir ishonishni xohlayman.
Lekin afsus, kimga?)
Minglab insonlar ichra
O`zimni yolg`iz his etib yashayman, (u)
Ko`zga ko`rinmas devor
Barpo etib bir kam dunyoga bosh egmayman.
Kuz yomg`iriga aylanar ko`z yoshim, (mm)
Yig`laydi yolg`izlikdan o`rtangan ko`nglim.
Yolg`izlik yopinchig`im,
Bag`rimga bosib baxtimni so`rayman,
Kuchli bo`lishim uchun
O`tmishimning yuziga qo`rqmay tik qarayman.
Kuz yomg`iriga aylanar ko`z yoshim, (mm)
Yig`laydi yolg`izlikdan o`rtangan ko`nglim.
Kuz yomg`iriga aylanar ko`z yoshim,
Yig`laydi yolg`izlikdan o`rtangan ko`nglim. (x2)
Kuz yomg`iriga aylanar ko`z yoshim…