Lola - Asta qo`shiq matni

Sog`inib bu tun kechada,
Hijron kechada bedorman.
Sevgining sarhadlarida,
Hasratlarida bemorman.

Sen ila har kun kechada,
Vasling istab senga zorman.
Jonginam, yolg`iz sen ila
Orzular shahriga mehmonman.

Asta, sen asta bilinmay,
Aylandingmi hayotim ma`nosiga?
Xasta, qilma xasta dilimni,
Ojizdir bu yuragim sevgingla. (x2)

Xayolim sevgi fazosi,
Ishqning sadosi-la ucharman.
Samoda shodlik yo`lini,
Baxtning qo`lini qucharman.

Jonginam, bir zum ko`rmasam,
Tinmay sog`inib kutarman.
Seni orzularim shahriga
Muhabbat-la olib ketarman.

Asta, sen asta bilinmay…
Xasta, qilma xasta dilimni…

Asta, sen asta bilinmay,
Aylandingmi hayotim ma`nosiga?
Xasta, qilma xasta dilimni,
Ojizdir bu yuragim sevgingla. (x2)
Asta…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]