Lola - Farhod va Shirin qo`shiq matni
Yulduzli tunlar, sirli tuyg`ular,
 Rashk qamrovida ojiz tuyular.
 Sarsondir ular, afsonaviy dillar.
 G`ururi ustun, manzili uzun,
 Yeta olmasdan yuraklar mahzun.
 Ishqning yo`lida, baxti qo`lida.
Farhod va Shirin, taqdiri o`yin,
 Chin sevgi uchun kurashar faqat
 Farhod va Shirin.
Farhod va Shirin, taqdiri qiyin,
 Bir biri uchun yaralgan abad,
 Farhod va Shirin.
Ro`yoyimda nafrat, dilda esa hasrat,
 O`rtada tuyg`u yetaklar faqat,
 Sirli muhabbat, ojiz muhabbat.
 Yurak sen tomon chorlasa hamon,
 Sog`inch g`ururim yengadi oson,
 Orzular osmon, sog`indim yomon.
Farhod va Shirin, taqdiri o`yin,
 Chin sevgi uchun kurashar faqat
 Farhod va Shirin.
Farhod va Shirin, taqdiri qiyin,
 Bir biri uchun yaralgan abad,
 Farhod va Shirin.
Читать также 
				Комментарии (0)
				
