Lola - Qaytmaydi qo`shiq matni
Endi uzundan-uzun tunlarga
Hamrohman tinmay qarab.
Balki yetkazar, deya so`zlarim,
Turarman seni so`rab.
Sen esa ketding dilim anglamay,
Sevgim dilimda qoldi.
Sen-la bo`lgan bu orzularimdan
Endi mazmun yo`qoldi.
Endi ko`zlaringni sog`insam ham,
Tunlar osmonimda ko`rinmaydi.
Endi o`zga meni o`ylasa ham,
Yurak senla ketgan, u qaytmaydi.
Endi ko`zlaringni sog`insam ham,
Tunlar osmonimda ko`rinmaydi.
Endi o`zga meni yo`qlasa ham,
Yurak senla ketgan, u qaytmaydi.
Yana dilim to`lib armonlarga,
Bir seni sog`inaman.
Yurgan yo`limda bir seni o`ylab,
Sog`inchdan ovunaman.
Atrofimda namoyon visoling,
Go`yo sen yonimdasan.
Sen-la yaralgan sevgim qasriga,
Bilgin, tanho qolasan.
Endi ko`zlaringni sog`insam ham,
Tunlar osmonimda ko`rinmaydi.
Endi o`zga meni o`ylasa ham,
Yurak senla ketgan, u qaytmaydi. (x2)
Endi ko`zlaringni sog`insam ham,
Tunlar osmonimda ko`rinmaydi.
Endi o`zga meni yo`qlasa ham,
Yurak senla ketgan, u qaytmaydi.