Lola - Senga qo`shiq matni
Sokin kechada yulduzlar guvohdek,
Esar shamol ham meni tinglagandek,
Go`yo sirlarim senga yetkazgandek,
Sevgilim senga.
Esingdami nogahon uchrashganimiz,
Bir-birimizga uzoq tikilganimiz?
Go`yoki bundan oldin uchrashganmiz,
Hammasi tushday.
Yolg`izim, senga,
Sehrli muhabbatim senga,
Sevgim to`la yuragim senga,
Ayt, bo`lasanmi doim yonimda?
Yuragim senga,
Baxshida bu hayotim senga,
Dunyoda topgan baxtim senga,
Ayt, bo`lasanmi doim yonimda?
Jonim, senga butun hayotimni beray,
Sening sevging to`la yuragimni beray,
Orzu-baxtga to`ldirib, vujudimni bersam ham,
Yetmas senga, yolg`izim.
Endi sevgingsiz yasholmasman, jonim,
Vaslingni ko`rmay turolmasman, jonim,
Sensiz dunyoga ko`nolmasman, yorim,
Yolg`izim mening.
Yolg`izim, senga,
Sehrli muhabbatim senga,
Sevgim to`la yuragim senga,
Ayt, bo`lasanmi doim yonimda?
Yuragim senga,
Baxshida bu hayotim senga,
Dunyoda topgan baxtim senga,
Ayt, bo`lasanmi doim yonimda?
Yolg`izim, sen-la samoda ucharman,
Yonimda bo`lsang, baxtimga yetarman.
Yolg`izim, senga,
Sehrli muhabbatim senga,
Sevgim to`la yuragim senga,
Ayt, bo`lasanmi doim yonimda?
Yuragim senga,
Baxshida bu hayotim senga,
Dunyoda topgan baxtim senga,
Ayt, bo`lasanmi doim yonimda?