Lola - Sevgilim qo`shiq matni

O`ylamas edim baxtimni
Yashar deb o`zga diyorda,
Ne bo`lsa ham borligingni
Bildim men bu dunyoda.

Oh sevgilim,
Mening yagona baxtim,
Yolg`izim, sevgilim,
Sen bilan mening ko`nglim.

Taqdir ekan, jonim, sen qola olmaysan,
Men ham ketolmayman sen bilan.
Senga ishonaman, qalbingda yashayman,
Xayolan birgaman sen bilan.

Qayda bo`lsang ham sog`-omon bo`lgin,
O`zingni asra men uchun.
Qayda bo`lsang ham hech unutmagin,
Sen yagonasan men uchun. (x2)

Sen ketarsan, sog`inarman,
Kuzatib ulgurmasdan.
Ishon, seni qo`msab yashayman,
Bir zum ham unutmasdan.

Oh sevgilim,
Mening yagona baxtim,
Yolg`izim, sevgilim,
Sen bilan mening ko`nglim.

Taqdir ekan, jonim, sen qola olmaysan,
Men ham ketolmayman sen bilan.
Senga ishonaman, qalbingda yashayman,
Xayolan birgaman sen bilan.

Qayda bo`lsang ham sog`-omon bo`lgin,
O`zingni asra men uchun.
Qayda bo`lsang ham hech unutmagin,
Sen yagonasan men uchun. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]