Lola - Xayr qo`shiq matni

Ming bora senga aytardim,
O`tinardim, o`zgararmisan deya.
Xatolaring unutardim, kechirardim,
O`zgararmisan deya.

Kechalarimda, sahrolarimda,
Seni izlaganimda qaylarda eding?
Kechalarimda, sahrolarimda,
Seni izlaganimda…

Xayr, xayr endi,
Ortga qarama, qarama.
Xayr, xayr endi,
Meni izlama, izlama.
Bir bor singan qalbim
Yana qiynama, qiynama, ket.

Seni deb ne g`iybatlarga ko`z yumardim,
O`zgalardan voz kechib.
Oq-qorani ajratmasdim, anglamasdim,
So`zlaringga ishonib.

Kechalarimda, sahrolarimda,
Senga ishonganimda qaylarda eding?
Kechalarimda, sahrolarimda,
Senga zor bo`lganimda…

Xayr, xayr endi,
Ortga qarama, qarama.
Xayr, xayr endi,
Meni izlama, izlama.
Bir bor singan qalbim
Yana qiynama, qiynama, ket. (x2)

(Qiynama-qiynama… Izlama-izlama…(x2))

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]