Lola - Xayr opajonim qo`shiq matni

Biz birga o`sdik, hatto bir zumga ham
Ajralmas edik ikkimiz.
Opa-singil sho`x, sirlashib, quvnoq,
Baxtli o`tdi yoshligimiz.

Mana bugun sen oq libosni kiyib,
Kelin bo`lding – kuzatamiz.
Kim o`ylabdi, tez o`tarkan yillar,
Sensiz huvillar uyimiz.

Xayr opajonim, endi o`zga uyda qalbing,
Ko`zlaring hech bo`lmasin nam.
Xayr opajonim, sevimli yor bo`lgin,
Bo`lsin baxting tillodan.

Onam yig`laydi bosib bag`riga,
O`zgalarga o`rganar qanday?
Otam jilmayar, qo`li ko`ksida,
Achchiq ko`z yoshini bildirmay.

Xayr opajonim, endi o`zga uyda qalbing,
Ko`zlaring hech bo`lmasin nam.
Xayr opajonim, sevimli yor bo`lgin,
Bo`lsin baxting tillodan. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]