Lola Ahmedova - Biznikidir dunyolar qo`shiq matni

Qadim yurtda buyuk davlat tuzilgani rost bugun,
Qadrin topib jilolanar har oltin meros bugun.
Dilda iymon chashmasidir, bahramand zilolimiz,
O`zbek elim shavkatiga jahoniylik xos bugun.

Ko`ngil ozod, Vatan obod, biznikidir dunyolar,
Boshimizda qanot qoqar tushga kirgan humolar.
Yurt tinchligi, el ravnaqi qadimdan merosimiz,
Kundan kunga nurafshondir, biznikidir dunyolar.

Qadim Turon zamini bu, to`tiyodir tuprog`i,
Bunda tarix so`ylab turar har chinorning yaprog`i.
Shu Vatandan bahra olgan zehnimiz, kamolimiz,
Ulug` zotlar yodi bilan nurafshondir chirog`i.

Ko`ngil ozod, Vatan obod, biznikidir dunyolar,
Boshimizda qanot qoqar tushga kirgan humolar.
Yurt tinchligi, el ravnaqi qadimdan merosimiz,
Kundan kunga nurafshondir, biznikidir dunyolar.

Dardu xasrat bizdan yiroq, baxtdan kuylar ruboblar,
Tegramizda do`st-qadrdon, qalbi toza ahboblar.
Mangu rizqdir bizga nasib luqmai halolimiz,
Osmonimiz tark etmasin yurt deb yongan oftoblar.

Ko`ngil ozod, Vatan obod, biznikidir dunyolar,
Boshimizda qanot qoqar tushga kirgan humolar.
Yurt tinchligi, el ravnaqi qadimdan merosimiz,
Kundan kunga nurafshondir, biznikidir dunyolar.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]