Lola Ahmedova - Yolg’izginam qo`shiq matni

Bu ne kundir, sizni ko`rib ko`rolmayman?
O`ynab-kulib yoningizda yurolmayman.
Topolmasam yaqinlardan so`rolmayman,
Sizni sevib adashdimmi, yolg`izginam? {x2}

Keng dunyoga sig`may qolgan tor ko`nglimiz,
Netaylikkim, ishqimizda bor ko`nglimiz?
Ikki yo`lda sargardonu xor ko`nglimiz,
Sizni sevib adashdimmi, yolg`izginam? {x2}

Ich-etimni kemirmoqda g`amgin o`ylar,
Ayting jonim, qachon bizni taqdir siylar?
Marg`ilondan xafa bo`ldi oyu yillar,
Sizni sevib adashdimmi, yolg`izginam? {x2}

Ayro yo`llar kutar bizni bekatlarda,
Sof mehringiz qoldi shirin suhbatlarda.
Topib oling endi meni jannatlarda,
Sizni sevib adashdimmi, yolg`izginam? {x2}

Bu ne kundir, sizni ko`rib ko`rolmayman?
O`ynab-kulib yoningizda yurolmayman.
Topolmasam yaqinlardan so`rolmayman,
Sizni sevib adashdimmi, yolg`izginam? {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]