Madina Mumtoz - Otam qo`shiq matni
Mening yaxshi kunim ko`rmagan otam,
 Borimga quvonib yurmagan otam, (x2)
 Baxtim kulib, muhabbatim topganda
 “Bolam” deb duolar qilmagan otam.
Baxtim kulib, o`z juftim topganda
 “Bolam” deb duolar qilmagan otam.
 Mening yaxshi kunim ko`rmagan otam,
 Borimga quvonib yurmagan otam.
O`ksigan dilimni to`ldirdi onam,
 Ko`zida yosh bilan kuldirdi onam,
 Taqdirda boriga ko`ndirdi onam,
 Chaqirsam yonimga kelmagan otam.
Bugun quchog`imda o`ynaydi bolam,
 Bag`rimni to`ldirib quvnaydi bolam,
 Ota, huddi sizga o`xshaydi bolam,
 Erka nabirasin ko`rmagan otam.
Ota, huddi sizga o`xshaydi bolam,
 Erka nabirasin ko`rmagan otam.
 Mening yaxshi kunim ko`rmagan otam,
 Borimga quvonib yurmagan otam.
Tushlarimga kirar sog`ingan mahal,
 Yulduzlar samodan keltirar xabar,
 Yodimdan qo`ymasman qiyomat qadar,
 Bu yorug` olamga to`ymagan otam.
Mening yaxshi kunim ko`rmagan otam,
 Borimga quvonib yurmagan otam.
 Mening yaxshi kunim ko`rmagan otam.

