Mahmud Namozov - Ko’za afsonasi qo`shiq matni
Orqovuldan kelyatudim anqayib,
Oldimdan bir ko`za chiqdi do`mpayib. (x2)
Ko`za ichin ko`ray desam enkayib,
Kulcha misol ko`lyor yotar yalpayib, o`-o`, o`-o`.
Tushda ko`rsang, ganj dedilar ilonni,
Hushda ko`rsang, yanch dedilar ilonni. (x2)
Rahmon aytar: o`ldir-sindir, ol jonin,
Shayton aytar: qo`rib yotar o`ljani, o`-o`, o`-o`.
Tiqim tiqib, loy suvadim ko`zaga,
Chiqdim chanqab kapa tutgan gazaga. (x2)
Cho`pon qimiz quyib-quyib kosaga,
Ketganmikan, ko`nglim ketdi bo`zaga, o`-o`, o`-o`.
Bo`za ichib, endi chiqsam kapadan,
Kadili bir opa o`tdi tepadan. (x2)
Ichim kuyib, suv so`rasam, xafami,
Tumshuq qilib, tushmadi tosh supadan, o`-o`, o`-o`.
Supasiga suyab qo`yib ko`zamni,
Kutsammikan, kelgunicha jezzamni? (x2)
Bo`za rosa qizdiruvdi mazamni,
Boz ustiga sindirdi u sazamni, o`-o`, o`-o`.
Kapangizning chiyi chappa opam bo`y,
Bir ganakni yopay chippa opam bo`y. (x2)
O`lcham to`la tilla, xo`ppa, opam bo`y,
Ilon chiqsa, bo`g`ay g`ippa, opam bo`y, o`-o`, o`-o`.
Ko`rsam, ko`lvor po`sti qolgan ekanmi,
Mingta mingak uya solgan ekanmi. (x2)
Chaqaverib chaqa qildi tanamni,
O`sha kuni ko`rdim katta enamni, o`-o`, o`-o`.
Orqovuldan kelyatudim anqayib,
Oldimdan bir ko`za chiqdi do`mpayib. (x2)