Mahmud Namozov - Maxfirat qo`shiq matni

Na ko`rgilik tushmish mening boshima,
Qon yig`ladim, dunyo cho`mdi yoshima. (x2)
Yor, yuraging Sangijumon toshima,
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi?
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi, ey Maxfirat?

O Maxfirat, jonim Maxfirat,
O Maxfirat, ko`zim Maxfirat. (x2)

Oqtov yoqdan ot dupuri keladi,
Daralari gumburlarga to`ladi, (x2)
Parizod bu sening sovching bo`ladi,
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi?
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi, ey Maxfirat?

Yoshim daryosiga cho`kib boraman,
Dardimni sen emas, toshga yoraman, (x2)
Endi bir vujudmas ming bir poraman,
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi?
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi, ey Maxfirat?

O Maxfirat, jonim Maxfirat,
O Maxfirat, ko`zim Maxfirat. (x2)

Sen ketarsan o`zgalarga yor bo`lib,
Men qolarman bunda zoru-zor bo`lib, (x2)
Bir dunyomas, ikki dunyo tor bo`lib,
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi?
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi, ey Maxfirat?

Ko`nglimday soviydi tunlar tuprog`i,
Ko`ksimga botadi oyning o`rog`i, (x2)
Sochingday qarodir zulmat so`rog`i,
Necha yoshim sen qatori bo`lmadi?
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi, ey Maxfirat?

O Maxfirat, jonim Maxfirat,
O Maxfirat, ko`zim Maxfirat. (x2)

O Maxfirat, jonim Maxfirat,
Maxfirat, Maxfirat, ko`zim Maxfirat.
O Maxfirat, jonim Maxfirat,
O Maxfirat, ko`zim Maxfirat.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]