Mango guruhi - Dard qo`shiq matni

Dard berar,
Jonim, sen buni sezmaysan,
Yurak sezar,
Lekin sen buni bilmaysan. (x2)

Har sari yoningga men borar bo`lsam,
Dard so`zlarimni senga aytar bo`lsam,
Ko`nglimning ko`chasidan o`tmading hech,
Ming aro ishqingda zor yonar bo`lsam.

Darz ketgan yuragim ming chekar alam,
Sensizlikning ozori bitmaydi hech ham.
Ko`r ekan aslida sevgining ko`zi,
Aybimmidi sevganim seni chindan?

Nolalarim yetdi osmonga,
Yuz burdi yurak bugun armonga,
Halovatsiz tunlarim botdim hijronga,
Aytgin, nega sen buni sezmaysan?

Dard berar,
Jonim, sen buni sezmaysan,
Yurak sezar,
Lekin sen buni bilmaysan. (x2)

Birgina orzuyim ushalar deya,
Ismingni avaylab yozdim qalbimga,
Yetmadi sevgim kuyi avjiga,
Yetmadi ohlarim, netay, senga.

Darz ketgan yuragim ming chekar alam,
Sensizlikning ozori bitmaydi hech ham.
Ko`r ekan aslida sevgining ko`zi,
Aybimmidi sevganim seni chindan?

Nolalarim yetdi osmonga,
Yuz burdi yurak bugun armonga,
Halovatsiz tunlarim botdim hijronga,
Aytgin, nega sen buni sezmaysan?

(Dard berar…)

Dard berar,
Jonim, sen buni sezmaysan,
Yurak sezar,
Lekin sen buni bilmaysan. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]