Mango guruhi - Gulbadan (Niginam) qo`shiq matni

Gulbadan, keldim man poyma-poyim sanab,
Old-orqa, yonima qarab,
Gulbadan, keldim man so`zimni bergani,
Layliga Majnun bo`lgani.

Mardona, mardu-mardon turibman allaqachon
Derazang oldida hayajonda hayron,
Qiyo boq shirin zabon, yurakni tildi paykon,
Endi holim sensiz nochoru, gashtim ohangi nolon.

Nigi-nigi-nigi Niginam,
Qara man bechora kuyunmoqdaman,
Nigi-nigi-nigi Niginam,
Qara muhabbatga yengilmoqdaman.

Gulbadan, keldim man, ayni muddao bo`lay,
Ishqqa dildan ko`ngil beray,
Gulbadan, keldim man yuragim dosh berar,
Yorim desang nima bo`lar?

Mardona, mardu-mardon turibman allaqachon
Derazang oldida hayajonda hayron,
Qiyo boq shirin zabon, yurakni tildi paykon,
Endi holim sensiz nochoru, gashtim ohangi nolon.

Nigi-nigi-nigi Niginam,
Qara man bechora kuyunmoqdaman,
Nigi-nigi-nigi Niginam,
Qara muhabbatga yengilmoqdaman.

Na dema axir jon bermoqdaman,
Dili bemor, ohlari navoman.
Davrimni xayratda surmoqdaman,
Dodi – beor, so`roqda bardavomman.

Nigi-nigi-nigi Niginam,
Qara man bechora kuyunmoqdaman,
Nigi-nigi-nigi Niginam,
Qara muhabbatga yengilmoqdaman. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]