Mango guruhi - Kim aybdor qo`shiq matni

Ikkimizning ajralishimizga,
Baxtga teskari yurishimizga,
Kim aybdor?
Paydo bo`ldi o`rtada gumon,
Ketmoqdamiz ayriliq tomon,
Kim aybdor?

Ajralish uchun sevdimmi seni?
Bahonalaring yemirib borar meni,
Siz meni sevmaysiz degan
Gaplaring qiladi alam.

O`ylab ko`r, sen bilan
O`tgan umrim ketdimi bekor?
Tushunmasang meni,
So`zlaringda ayt ne ma`no bor?

Aybni faqat mendan izlamasdan
Ber o`zingga savol:
Takror va takror, kim aybdor,
Aytgin kim aybdor?

Sarson bo`ldi o`rtada sevgi,
Balki emasman uning tengi,
Kim aybdor?
O`ylar edim uni har nafas,
Bu kunlarni qilmadim havas,
Kim aybdor?

Balki bilgansan mendan ketishingni,
Bilmadim sevgimni o`yin etishingni,
Yolg`onlaringdan charchadim,
O`zing bilasan, ketaver.

O`ylab ko`r, sen bilan
O`tgan umrim ketdimi bekor?
Tushunmasang meni,
So`zlaringda ayt ne ma`no bor?
Aybni faqat mendan izlamasdan
Ber o`zingga savol:
Takror va takror, kim aybdor,
Aytgin kim aybdor? (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]