Mansurxon Nurmatov - Gullar arosindasan qo`shiq matni

Men senga gul teray desam,
Gullar arosindasan.
Men senga dil beray desam,
Dillar arosindasan. (x2)

Men tomonga kelar desam,
Kundami yo oyda bir,
Sog`inchlarga solib meni,
Yillar arosindasan. (x2)

Gullar arosindasan,
Dillar arosindasan,
Sog`inchlarga solib meni,
Yillar arosindasan. (x2)

Seni pari, paykar dedim,
Ham samodagi malak.
Barchasidan go`zal bo`lib,
Hurlar arosindasan. (x2)

Izlaringni kezib-kezib,
Topmadim yeru ko`kdan,
Ayonki, ummon tubida
Durlar arosindasan. (x2)

Hurlar arosindasan,
Durlar arosindasan,
Sog`inchlarga solib meni,
Yillar arosindasan. (x2)

Oyu quyosh jamolingdan
Olgani rost taftini,
Boqsam ko`zni qamashtirar,
Nurlar arosindasan. (x2)

Oshiq ahli mag`rur o`lmas,
Oshiqlik – qullik erur.
Quling botir desam, minglab
Ko`llar arosindasan. (x2)

Nurlar arosindasan,
Durlar arosindasan,
Sog`inchlarga solib meni,
Yillar arosindasan. (x4)

Sog`inchlarga solib meni,
Gullar arosindasan.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]