Mansurxon Nurmatov - Olib ketay qo`shiq matni
(Uzoqlarga olib ketay,
 Xo`p deyaqol, asal bolim,
 Uzoqlarga olib ketay.)
Vasling deya, jonim mayli,
 Malomatga qolib ketay.
 Agar ko`nsang seni layli,
 Uzoqlarga olib ketay. (x2)
Nozlar etma dilda borim,
 Hijroningdan yomon holim,
 Xo`p deyaqol, asal bolim,
 Uzoqlarga olib ketay.
Xo`p deyaqol, asal bolim,
 Uzoqlarga olib ketay,
 Oh, uzoqlarga olib ketay.
Senla hayot, bog`lar so`lim,
 Qayga cho`zsam yetar qo`lim,
 Ko`nsang agar seni gulim,
 Uzoqlarga olib ketay.
Qolmas edi dilda armon,
 Yuragimda shubha-gumon,
 Rozi bo`lsang, qoshi kamon,
 Uzoqlarga olib ketay.
Rozi bo`lsang, qoshi kamon,
 Uzoqlarga olib ketay,
 Oh, uzoqlarga olib ketay.
Qalbim dardga to`liq, erkam,
 Ko`nglim mani siniq, erkam, (x2)
 Endi menga ko`nik, erkam,
 Uzoqlarga olib ketay. (x2)
Nozlar etma dilda borim,
 Hijroningdan yomon holim,
 Xo`p deyaqol, asal bolim,
 Uzoqlarga olib ketay.
Xo`p deyaqol, asal bolim,
 Uzoqlarga olib ketay,
 Oh, uzoqlarga olib ketay.
Vasling deya, jonim mayli,
 Malomatga qolib ketay.
 Agar ko`nsang seni layli,
 Uzoqlarga olib ketay. (x2)
 Uzoqlarga olib ketay.

