Mansurxon Nurmatov - Qaniydi qo`shiq matni
Shirin boqqan ko`zimga,
 Aytgan so`zimga,
 Boqib birdan o`zimga,
 Xumor bo`lsang qaniydi.
Ishqda kuyib nogahon,
 Tor bo`lsayu keng jahon,
 Meni o`ylab, ey janon,
 Bemor bo`lsang qaniydi.
Bedor bo`lsang qaniydi,
 Xumor bo`lsang qaniydi,
 Hech bo`lmasa bo`ynimda
 Tumor bo`lsang qaniydi.
Visolimga yetolmay,
 Qo`llarimdan tutolmay,
 Tuni bilan yotolmay,
 Bedor bo`lsang qaniydi.
Tushimdamas o`ngimda,
 Ko`nglimdamas qo`ynimda,
 Hech bo`lmasa bo`ynimda
 Tumor bo`lsang qaniydi.
Bedor bo`lsang qaniydi,
 Xumor bo`lsang qaniydi,
 Hech bo`lmasa bo`ynimda
 Tumor bo`lsang qaniydi.
Yuragimga joylardim,
 Har kun yo`ling poylardim,
 Oh, seni sotib olardim,
 Anor bo`lsang qaniydi.
Isming aytib kuylardim,
 Tongni tongga ulardim,
 Xohlaganda chalardim,
 Dutor bo`lsang qaniydi.
 Dutor bo`lsang qaniydi.
Bedor bo`lsang qaniydi,
 Xumor bo`lsang qaniydi,
 Hech bo`lmasa bo`ynimda
 Tumor bo`lsang qaniydi.
 Bemor bo`lsang qaniydi menga.
Bedor bo`lsang qaniydi,
 Xumor bo`lsang qaniydi,
 Hech bo`lmasa bo`ynimda
 Tumor bo`lsang qaniydi. (x2)

