Mansurxon Nurmatov - Yor-yor qo`shiq matni

Ushalmagan orzularim
Bag`rim tilar yor-yor,
Ishq dardida kuyganlarim
Kim ham bilar yor-yor? (x2)

Yor-yor ayting yangalar –
Ko`ngil qolsin yor-yor,
Bo`lib otash, alanga
Yurak yonsin yor-yor. (x2)

Ayirdilar parvo qilmay,
Yurakdagi sevgim bilmay,
Yor ham endi manga kelmay,
Bag`rim o`yar yor-yor.

Tanda dardim qiynar mani,
Taqdir shunday sinar mani,
Armon bilan siylar mani,
Ko`ngil kuyar yor-yor.

Yor-yor ayting yangalar –
Ko`ngil qolsin yor-yor,
Bo`lib otash, alanga
Yurak yonsin yor-yor. (x2)

Hijronlarga bardoshim yo`q,
Yonimda bir sirdoshim yo`q,
Yorim – mening quyoshim yo`q,
Bag`rim kuyar yor-yor.

Ushalmagan orzularim
Bag`rim tilar yor-yor,
Ishq dardida kuyganlarim
Kim ham bilar yor-yor?

Yor-yor ayting yangalar –
Ko`ngil qolsin yor-yor,
Bo`lib otash, alanga
Yurak yonsin yor-yor. (x4)
Yurak yonsin yor-yor.(x3)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]