Markaz guruhi - Ayol qo`shiq matni

Afu eting beray sizga bir savol,
Javob bering go`zal kelmasa malol:
Ishonasizmi bir bor ko`rishda
Kinolardek sevib qolishga?

Yoshi mendan olisda nafis ayol,
Kechalari siz tomon ketsa hayol,
O`ylanaman necha-necha bor
Yaxshi emas qilmayman inkor.

Uni deya ozaman aqlimdan,
Uni deya oshaman haddimdan,
Uni deya, faqat uni dastidan.

Tengsiz chiroyiz maftun etib meni,
Charos ko`zlariz sehrlar tinmay.
“Yoshim katta” degan so`zni qo`ying endi,
Yuragim sevadi mendan so`ramay.

Uni deya ozaman aqlimdan,
Uni deya oshaman haddimdan,
Uni deya, faqat uni dastidan.

Bu lablar, ko`zlar, so`zlarga erishgim kelar,
Nelar qilsam kelar, hayol seni istar.
Bu lablar, ko`zlar, so`zlarga erishgim kelar,
Nelar qilsam kelar, hayol seni istar.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]