Markaz guruhi - Xafa bo’ldi sevgi qo`shiq matni
Beg`uborim, yoshlandi ko`zim,
Aybdor balki o`zim.
Rozi bo`lgin sevgingdan sen,
Deyolmas aytgan so`zim.
Qoshu ko`zing tengi yo`q aslo,
Sevib qolgandim, netay?
Ishonasan menga tanho,
Endi qandoq tashlab ketay?
Xafa bo`ldi sevgi, (qarolmayman moviy ko`zlaringga)
O`sha sevgi, (endi yo`q ehtiyoj nozlaringga)
Sevgi, (begonaman bahor-yozlaringga)
Begonaman bahor-yozlaringga. (x2)
Orzu-umidlaring bekor,
Majburman tan olishga, qolmadi imkon.
Sevgim qilolmasman izhor,
Majburman chekinishga, ojizman ishon.
Baxtli bo`lolmaymizda birga,
Netay, ko`zim yetmasa?
Chidolmayman sevgi so`zi
Senga alamni eslatsa.
Beg`uborim, ranjima mendan,
Nafratdaman o`zimdan.
Yurak to`la g`am, alamimni
Olaman qo`shig`imdan.
Xafa bo`ldi sevgi, (qarolmayman moviy ko`zlaringga)
O`sha sevgi, (endi yo`q ehtiyoj nozlaringga)
Sevgi, (begonaman bahor-yozlaringga)
Begonaman bahor-yozlaringga. (x2)
Orzu-umidlaring bekor,
Majburman tan olishga, qolmadi imkon.
Sevgim qilolmasman izhor,
Majburman chekinishga, ojizman ishon.
(Baxtli bo`lolmaymizda birga…)
(Beg`uborim, ranjima mendan…)