Masrur Usmonov - Gulzorim qo`shiq matni

Gulzorimdagi gulni olding uzib ataylab,
O`zi yakka o`sardi, yagona senga saylab,
Yuragimni olding amallab.

Yuragimda san o`zing, tilagimda san o`zing,
Xayolimda san o`zing, so`raganim ham o`zing,
Sanday go`zal janonni qaydanam ko`rdim o`zim,
Izlaringda toldi-ku ko`zim.

Chiroylisan atirguldan, farishtayu misli hurday, (x2)
Sevib qolganman-da chindan, yuragimda yagonamsan.
Sevib qolganman-da chindan, qandoq qilay armonimsan.

Nechun buncha suyar jonim, nechun buncha kuyar jonim, (x2)
Oh, sanmiding topgan yorim, yuragimning azobisan.
Oh, sanmiding ishongan yorim, hayotimning azobisan.

Gulzorimdagi gulni olding uzib ataylab,
O`zi yakka o`sardi, yagona senga saylab,
Yuragimni olding amallab.

Yuragimni olding amallab…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]