Masrur Usmonov - Lafzi halollar qo`shiq matni

Do’st bilib, do’stlarimning do’stlariga ishondim,
Rost bilib, qasam to’la so’zlariga ishondim.
Lafzi deb, yeb-ichgan non-tuzlariga inondim,
Eh, bekor inondim.

Ko’rgan kechirganim koshki xayol bo’lsa qaniydi,
Tili emas, dilidagin bayon qilsa mayli edi.
Do’st dushmanim kim, avvalroq ayon bo’lsa qaniydi,
Eh, eh, qaniydi.

Lafzi halollar-ey, lafzi halollar,
Shu kunlarda qiynar meni, eh, shu savollar.
Lafzi halollar-ey, lafzi halollar,
Nahot, ba`zilarga mardlik kelsa malollar.

Odamman, deb yuribdi-da savlatiga ishonib,
Yolg’on evaziga topgan davlatiga suyanib,
Yana ham yer turibdi-da shundaylarni ko’tarib,
Eh, eh, ko’tarib.

Kimga ishondim-ey, mana kimga ishondim,
Yo Rab, kechir, sen qolib, men kimga suyandim?
Bugun yana rosa tavbalarga tayandim,
Oh, oh, tayandim.

Eh, qachongacha nafs koniga shayton o’t qalar,
Nahot, oddiy holmi do’stlar ichgan qasamlar?
Afsus, yigit so’zi bir pul bo’ldi shu qadar,
Nechun, ayting, odamlar?
Ayting, odamlar…

Lafzi halollar-ey, lafzi halollar,
Shu kunlarda qiynar meni, eh, shu savollar.
Lafzi halollar-ey, lafzi halollar,
Nahot, ba`zilarga mardlik kelsa malollar.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]