Masrur Usmonov - Onajon qo`shiq matni

Onajon, mening so`zlarim tinglang, onajonim,
Yuragimdagi gaplarim aytay, onajonim. (x1+x2)
Onajon, mening so`zlarim tinglang, onajonim,
Sevgan yorimni sizga men so`zlay, onajonim.

Bir go`zal qiz bor yuragimdan joy egallagan,
Tishlari durdek, so`zlari birdek saralangan.
Ul go`zal yorim sochlari tolim, so`zi bolim,
Sizga o`xshaydi, juda muloyim, onajonim.

Qaydanam tushdi unga ko`zlarim bilolmadim,
Bir ko`rganda so`zdan ham qoldi bu tillarim.
Ismim aytolmay, dedim shu onda onajonim,
Manga ne bo`ldi, nahot shu sevgi, mehribonim?

Ismim aytolmay, dedim shu onda onajonim,
Manga ne bo`ldi, nahot shu sevgi, mehribonim?

Onajon, mening so`zlarim tinglang, onajonim,
Yuragimdagi gaplarim aytay, onajonim.
Onajon, mening so`zlarim tinglang, onajonim,
Sevgan yorimni sizga men so`zlay, onajonim.

Hey, o`ylarman uni tunda ham kunda, nega bunday?
Tinglagim kelar har bir so`zini huddi sizday.
Rahmingiz kelsin, onajonim, man o`g`lingizga,
Rozi bo`ling endi sizga o`xshagan go`zal qizga.

Rahmingiz kelsin, onajonim, man o`g`lingizga,
Rozi bo`ling endi sizga o`xshagan go`zal qizga.

Onajon, mening so`zlarim tinglang, onajonim,
Yuragimdagi gaplarim aytay, onajonim.
Onajon, mening so`zlarim tinglang, onajonim,
Sevgan yorimni sizga men so`zlay, onajonim. (x1+x1)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]