Masrur Usmonov - Ota-ona qo`shiq matni

Kelar bir kuni, unutmang shuni,
Zamonlar o’tib, sezamiz yomon
Ota o’rnini, ona o’rnini.

G’animat har on, omonatdir jon,
Shoshil, ey inson, ol, bo’lmay armon
Ota ko’nglini, ona ko’nglini.

Olmoqqa imkon, topolgin har on yurak dardini,
Yashagin anglab ota qadrini, ona qadrini.

Bandangman ojiz, o’zingdan xolis,
Niyatim yolg’iz, kam qilma hargiz
Otam umrini, onam umrini.

O, hayot ekan, yoshlatmay ko’zin,
Oqlab non-tuzin, olganing yaxshi
Ota rozini, ona rozini.

Yo Rabbim Alloh, o’zingsan panoh,
Hurmat-izzatin, qilay doimo
Otam xizmatin, onam xizmatin.

(Kelar bir kuni, unutmang shuni,
Zamonlar o’tib, sezamiz yomon
Ota o’rnini, ona o’rnini.

G’animat har on, omonatdir jon,
Shoshil, ey inson, ol, bo’lmay armon
Ota ko’nglini, ona ko’nglini.

Bandangman ojiz, o’zingdan xolis,
Niyatim yolg’iz – kam qilma hargiz
Otam umrini, onam umrini.)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]