Mavluda Asalxo`jayeva - Kim sevar qo`shiq matni

Kechalar uyqu yo`qdir,
Javobsiz so`roqlarim,
Sen bo`lmasang yonimda.
Oh, buncha shirin ekan
Sevgining firoqlari,
Yolg`iz o`zing xayolimda. (x2)

Oh-oh, o`zimdan ham qizg`onib,
Oh-oh, o`zgalardan tonib,
Umrimda sen deb yondim.

Mendan ham ko`p seni, jonim,
Ayt-chi, kim sevar?
Dunyolarga alishmam aslo
Jonim seni.

Sendan ham ko`p qadrimni,
Ayt-chi, yana kim bilar?
Joningni ber desang,
Jon beray yorim senga.

Necha bor sog`intirsang,
Shuncha ko`p og`rinib men,
Qancha azob chekmadim.
Yillarim fido etib,
Boshimga balo etib,
Yolg`iz seni tanladim.

Oh-oh, o`zimdan ham qizg`onib,
Oh-oh, o`zgalardan tonib,
Umrimda sen deb yondim.

Mendan ham ko`p seni, jonim,
Ayt-chi, kim sevar?
Dunyolarga alishmam aslo
Jonim seni.
Sendan ham ko`p qadrimni,
Ayt-chi, yana kim bilar?
Joningni ber desang,
Jon beray yorim senga. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]