Mirjamol - Navro’z qo`shiq matni

Bahorni bilmagan ellarni ko`rdim,
Bir chechak kulmagan yerlarni ko`rdim,
O`zingni sog`inib keladi Navro`z,
Kaftingga ko`z suray, dehqonim yurtim,
O`zingdan o`rgilay, bog`bonim yurtim.

Muqaddas yering bor, qutlug` osmon bor,
Suyangan tog`ing bor, dilda iymon bor.
Ulug` bog`istonga buyuk bog`bon bor,
O`zingdan o`rgilay, dehqonim yurtim,
O`zingdan aylanay, bog`bonim yurtim.

Mehmonni chorlaydi sumalaklaring,
Qizlaring bog`laydi jamalaklaring,
Saodatga ko`prik bu kamalaklaring,
Kaftingga ko`z suray, dehqonim yurtim,
O`zingdan o`rgilay, bog`bonim yurtim.

Muqaddas yering bor, qutlug` osmon bor,
Suyangan tog`ing bor, dilda iymon bor.
Ulug` bog`istonga buyuk bog`bon bor,
O`zingdan o`rgilay, dehqonim yurtim,
O`zingdan aylanay, bog`bonim yurtim. (x1+x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]