Mohim - Yor bo’lay qo`shiq matni

Daraxtlardan barglar to`kilsa behol,
Seni jonim, sevganim kelmasin malol.
Bilaman men umrim o`tadi bekor,
Sensiz o`tgan qancha tunlarim bedor.

Yo`llaringga termuladi ko`zlarim,
Seni jonim, kutarman men betinim.
Yig`lamayman, yolg`izlikdan qo`rqmayman,
Sevging birla seni hamon kutarman.

Yor bo`layin qalbingga,
Yor bo`layin dardingga,
Yor bo`layin quvonchingga,
Yor bo`layin o`zingga. (x2)

Mayli daryo bo`lib oqsin ko`z yoshim,
Sahrolarda qovjirasin bardoshim.
Ko`zlarimning nuri sinsin yo`lingda,
Layli bo`lay, telba bo`lay ishqingda.

Bilaman men bir kun keladi damlar,
Unutilib yo`q alamu bu bog`lar,
Daraxtlarda ado bo`lsa ham barglar,
Bahor kelar, yana ochar kurtaklar.

Yor bo`layin qalbingga,
Yor bo`layin dardingga,
Yor bo`layin quvonchingga,
Yor bo`layin o`zingga. (x3)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]