Muhabbat Shamayeva - Ko’chalar qo`shiq matni

Ko`chalar, ko`chalar, oydin ko`chalar,
Buncha ham go`zalsiz qaydin, ko`chalar?
Tag`in u o`tdimi, o`sha beparvo,
Ko`ngillar sohibi, ayting, ko`chalar?
Ko`chalar, ko`chalar, oydin ko`chalar.

To`ldirib yuribdi sizni yoshlik, iqbol,
Quyosh ham tushibdi taralib xush hol.
Tag`in u o`tdimi, o`sha beparvo?
Ko`nglimda beadad baxsh etgan farax.
Ko`chalar, ko`chalar, oydin ko`chalar.

Yor boqmay o`tarmu yor jamoliga,
Rahmingiz kelmasmu oshiq holiga?
Qayda u beparvo, qayda u barno?
Yetaklang, chiqaylik istiqboliga.
Ko`chalar, ko`chalar, oydin ko`chalar.

Ko`chalar, ko`chalar, daryo ko`chalar,
Daryoday yuragi, daryo ko`chalar.
Bag`rimday betinim, toshqin va uyg`oq,
O-o-oy, jo-on, yoray.
Bag`rimday betinim, toshqin va uyg`oq,
Bag`rim sohibiday barno ko`chalar.
Ko`chalar, ko`chalar, oydin ko`chalar.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]