Muhriddin Xoliqov - Go’zalimsan qo`shiq matni

Oy ruxsor sevgilim, so`zlari shakarim,
Tilimdan tushmas hech kuyimsan, g`azalim.
Poyingga sochayin olamning gullarin,
Kel endi, intizor o`tmoqda kunlarim.
Go`zalimsan.

Go`zalimsan, asalimsan,
Dunyoda tengi yo`q sevgilimsan.

Qalbimning quyoshi, zar kokil sevgilim,
Sen bilan charog`on bu umrim, hayotim.
Sen ko`nglim erkasi, qalbimning bekasi,
Nozanin yorimsan, gullarning sarasi.
Go`zalimsan.

Go`zalimsan, asalimsan,
Dunyoda tengi yo`q sevgilimsan. (x3)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]