Muhriddin Xoliqov - Komila qiz qo`shiq matni
Erkam, seni erkalayin, qochmagil,
Suluvsanki, sirlaring ko`p ochmagil. (x2)
Jilva bilan boqishlaring jonim oldi, jon oldi,
Kulib kiprik qoqishlaring yuragimga o`t soldi.
Qizg`aldog`im, kel endi,
Yor-u jonim sen endi,
Komila qiz, bir umr
Dil-xumorim sen endi. (x2)
Erkam, seni erkalayin, qochmagil,
Suluvsanki, sirlaring ko`p ochmagil. (x2)
Binafshadek sen billur, yaralgansan mehrdan,
Qo`shig`im sal kechikdi, ranjimagin Muhrdan.
Orzu-umid qizisan, sen oq bulut qizisan,
Komila qiz, Komila, jonimni yolg`izisan. (x2)
Qizg`aldog`im, kel endi,
Yor-u jonim sen endi,
Komila qiz, bir umr
Dil-xumorim sen endi. (x4)
Читать также
Комментарии (0)