Muhriddin Xoliqov - Laylim qo`shiq matni

Seni Laylim, hajringda to`lg`onaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
O`zim bir bor qo`lingdan tutmay turib,
Yellar o`psa yuzingdan qizg`onaman.

Majnun o`zim, maftun o`zim,
Mamnun o`zim, mahzun o`zim.
Yer aylanur, ko`k aylanur,
Dunyo o`zim, gardun o`zim.

Yonimdasan, jonimdasan,
Poyingda parvonaman.

Seni Laylim, hajringda to`lg`onaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
O`zim bir bor qo`lingdan tutmay turib,
Yellar o`psa yuzingdan qizg`onaman.

Sochingni o`ynasa xil-xil shamol,
Yuzingdan taratsa gul-gul jamol.
Hijronlar bor, yomonlar bor,
Vafosi yo`q, yolg`onlar bor.

Bizga ziyon yetmasmu deb,
O`ylonaman, o`rtonaman.

Seni Laylim, hajringda to`lg`onaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
O`zim bir bor qo`lingdan tutmay turib,
Yellar o`psa yuzingdan qizg`onaman.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]