Muhriddin Xoliqov - Qizg’aldog’im qo`shiq matni

Qizg’aldog’im, qirdan bo’lak koshonang yo’q,
Kokil yoysang, yerdan bo’lak toshoynang yo’q,
O’ksib-o’ksib turganingda o’zim borib,
Peshonangdan o’pay desam, peshonang yo’q.

O’ksib-o’ksib turganingda o’zim borib,
Peshonangdan o’pay desam, peshonang yo’q.
Qizg’aldog’im, qizg’aldog’im, qizg’aldog’im.

Sen yig’lasang, boshing silab, yomg’ir yog’ar,
Sening uchun ko’kda chaqmoq bulut sog’ar,
Hech kimsaga ishonmaydi seni bahor,
Begoyimsan, ammo beging, hamxonang yo’q.

Hech kimsaga ishonmaydi seni bahor,
Begoyimsan, ammo beging, hamxonang yo’q.
Qizg’aldog’im, qizg’aldog’im, qizg’aldog’im.

Yoningga men borolmasam, kech gunohim,
Bir yo’qlab qo’y, men dunyodan o’tgan chog’im, (x2)
Qabrim uzra hilpirab tur, qizg’aldog’im,
Muhammaddan bo’lak do’sti devonang yo’q.

Qabrim uzra hilpirab tur, qizg’aldog’im,
Muhammaddan bo’lak do’sting devonang yo’q.
Qizg’aldog’im, qizg’aldog’im, qizg’aldog’im,
Qizg’aldog’im, qizg’aldog’im, qizg’aldog’im.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]