Muhriddin Xoliqov - Toparman qo`shiq matni

Sochlari dengizni toparman,
Olamda tengsizni toparman,
O`zimni yo`qotsam, yo`qotgum,
Bir kuni men seni toparman.

O`zimni yo`qotsam, yo`qotgum,
Bir kuni men seni toparman.

Maysani quchadi yomg`iri,
Zuhroni o`padi Tohiri, (x2)
Men senga yetarman oxiri,
Bir kuni men seni toparman. (x2)

Falakda yulduzlar topishgay,
Yurakda kunduzlar topishgay, (x2)
Sevishgan bu dillar topishgay,
Baribir seni toparman.

Tayindir bir kuni bormog`im,
Sochingni silaydi barmog`im, (x2)
Hilolni kuydirib har ohim,
Bir kuni men seni toparman. (x2)

Bir kuni men seni toparman,
Baribir seni toparman.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]