Muhriddin Xoliqov - Yashirmagil jonim qo`shiq matni
Oshiqligim bilib, sen jonim,
Oshiq qalbga ozor etding-ku.
Jonim olding kulib, sen janon,
Uzun tunlar bedor etding-ku.
Yashirmagil, jonim, mendan yuzingni,
Kulib jonim olgan shahlo ko`zingni. (x2)
Kulib jonim olgan shahlo ko`zingni.
Sadoqatdan kuylagan gulim,
Muhabbatdan so`ylagan gulim.
Oshiq qalbim tilib-tilib,
Bevafolik aylagan gulim.
Yashirmagil, jonim, mendan yuzingni,
Kulib jonim olgan shahlo ko`zingni. (x2)
Kulib jonim olgan shahlo ko`zingni.
Qaro ko`zu shirin so`zlaring,
Sog`intirar ushbu kunda ham.
Gar o`ylasam suluv yuzlaring,
Orom bermas qaro tunda ham.
Yashirmagil, jonim, mendan yuzingni,
Kulib jonim olgan shahlo ko`zingni. (x2)
Kulib jonim olgan shahlo ko`zingni.
Читать также
Комментарии (0)